«Kodeks Alimentarius» Komissiya qo‘mitasining 24 – sessiyasi AQSh ning Illinoys shtatining Chikago shahrida bo‘lib o‘tdi.
«Kodeks Alimentarius» komissiyasi qo‘mitasining yig‘ilishida 69 ta ishtirokchi- davlat vakillari, Yevropa ittifoqi vakillari va 7 ta kuzatuvchi-tashkilotlar qatnashdilar.
Bu yig‘ilish Oziq-ovqat mahsulotlarida vetirinar preparatlaring qoldiq miqdoiri bo‘yicha bo‘ldi. Asosiy masala mol go‘shti mahsulotlari tarkibida Zilpaterol ning maksimal ruhsat etilgan qiymati (MRQ) haqida bo‘ldi.
Ma’lumot uchun Zilpoterol qora mollarda boqilishni samaradorligini oshiruvchi o‘sishni rag‘batlantiruvchi veterenar preparatlar toifasiga ta’luqlidir. Bu modda beta-agonistlar sinfiga mansub bo‘lib, bir qator davlatlarda taqiqlangan hisoblanadi
Qo‘p davlatlar (RF, Yevraosiyo Iqtisodiy Ittifoqi, Yevropa Ittifoqi, Misr, Indoneziya, Tayland va boshqalar) tomonidan davolash maqsadida bo‘lmagan, o‘sishni rag‘batlantiruvchi kabi vetirinar preparatlar ro‘yhatini kengaytirishga e’tirozlar bildirildi. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha konsensusga eri shilmadi. Mol go‘shti mahsulotlarida Zilpaterolning MRQ si bo‘yicha muhokama bosqichi saqlab qolinishi va keyingi yig‘ilishlarda bu masala qayta ko‘tarilishi qaror qilindi.