Tashabbus va taklif. Har bir sohaning rivoji va yuksak taraqqiyotga erishuvi oson bo‘lmaydi. Buning uchun avvalo zarur tashabbuslar, xalqaro tajribalar va puxta o‘ylangan dasturlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Sir emas hozirda yurtimizda barcha sohalarni rivojlantirish maqsadida tan olingan xalqaro miqyosidagi tajribalarni qo‘llash orqali yangi loyihalarni amaliyotga keng joriy etish muhim masalaga aylandi.
“O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning tashabbusi bilan tizim va tashkilotlarga xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qo‘shma korxonalarni tashkil etish va bu jarayonda istiqboldagi manfaatga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratib kelinmoqda.
Mazkur masalalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazi yangi taklif bilan chiqdi. Bu ham bo‘lsa Qarshi shahrida Yangi zamonaviy markazlashgan “Kampus” sinov laboratoriya kompleksi qurilishi bilan bog‘liq loyiha rejasi. Albatta, rejali va puxta o‘ylanib tuzilgan loyihalar bugun bo‘lmasa ertaga albatta amalga oshmay qolmaydi.
Qashqadaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi kelgusida o‘zining ijobiy natijalarini berishiga shubha yo‘q.