Milliy matbuot markazida  “O’zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari haqida matbuot anjumani tashkil etildi

Respublikamizning nufuzli OAV lari qatnashgan mazkur anjumanda “O’zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov va Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori o‘rinbosari F.Samadov hamda bir guruh mas’ullar ishtirok etdilar.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida, beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

AQShning izlanishlar markazi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O’zbekiston oziq-ovqat “xavfsizligi” reytingida dunyoda 64 o‘rinni egalladi. Bir yil oldin O’zbekiston 75 o‘rinda edi.

Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida samarali ishlar olib borilayotganligi sababli, mamlakatimiz yildan-yilga dunyo reytingida yuqorilab bormoqda.

Bu borada “O’zstandart” agentligi, “Respublika SSM” DK tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda, jumladan:

- laboratoriyalarni moddiy texnik bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash;

- xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Korxonamiz qoshidagi xalqaro talablarga javob beradigan, zamonaviy jihozlangan Kimyo-biologiya laboratoriyasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash hamda ularning sifat ko‘rsatkichlari aniqlashga ixtisoslashtirildi. Laboratoriyaning akkreditatsiya doirasi, mahsulotlarni sinash bo‘yicha 770 ta (shundan 30 ta xalqaro ISO standartlari) sinov uslublariga kengaytirildi.

Ayni paytda, laboratoriyalarni akkreditatsiya doirasini mahsulotlarning qo‘shimcha sinov uslublari bo‘yicha yana 180 ta standartga (shundan 28 ta ISO, 92 ta YeEK OON xalqaro standart) kengaytirish,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935 sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq  laboratoriyalarimizni yanada rivojlantirish va  ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash  ishlar olib borilmoqda.

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan 2017 yilda faqatgina Kimyo-biologiya laboratoriyasini modernizatsiya qilish uchun 140,0 ming.dollar mablag‘ sarflanib, 10 dona zamonaviy uskunalar harid qilindi, laboratoriyaning akkreditatsiya doirasi oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shimcha sinov uslublari o‘zlashtirildi.

Ushbu maqsadlarga joriy yilda yana qo‘shimcha 412,0 mln.so‘m ajratilib, 11 dona chet el uskunalarini harid qilib,  amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, xorijiy grand mablag‘larini jalb etish bo‘yicha 2018 yilning 1-choragida Koreyaning KOICA dasturi orqali grand mablag‘lari hisobiga 540 ming AQSh dollar qiymatiga ega bo‘lgan 3 dona zamonaviy  sinov uskunalari o‘zlashtirilib, ushbu uskunalar yordamida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlarini (mahsulotlarning pestitsid qoldiqlari, toksik elementlari, mikotoksin) aniqlash imkoniyati yaratildi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli xalqaro standartlar o‘rganilib, ularni tadbiq etish tizimli ravishda olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda Respublikamizda hozirgacha jami 3,5 mingdan ziyod xalqaro standartlar qabul qilindi.

Qishloq ho‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati ko‘rsatkichlari aks etgan 77 ta YeEK OON xalqaro va 15 ta davlatlararo standartlar hamda xalqaro 25 ta FAO/VOZ komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlari amaliyotga tadbiq etildi.

Xalqaro uslublarni amaliyotga joriy qilish, olib borilgan sinovlarning xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida ushbu laboratoriya 2016 yilda Turkiyaning xalqaro akkreditatsiya idorasi (TurkAK) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Respublikamizda yetishtirilayotgan o‘rik mahsuloti etalon sifatida xalqaro standartlarga kiritildi. ISO 22000 va “Xalol”, “Global G.A.P” hamda ORGANIK standartlari joriy etildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va  eksport qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko‘paytirishda Respublikamizda “halol” standartining joriy etilishi ham muhim rol o‘ynaydi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish haqida gapiradigan bo‘lsak, sizlarga ma’lumki, Respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan barcha oziq - ovqat mahsulotlariga albatta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilishi shart. Bunda avvalombor mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari sinovdan o‘tkazilib, shundan so‘ng amaldagi (shu jumladan xalqaro) standartlar asosida sertifikat beriladi. 

Markazning sertifikatlashtirish idoralari tomonidan 2017 yilda oziq-ovqat mahsulotlariga jami 1023 ta, 825 ta, 3-chizma bo‘yicha 122 ta va boshqa sxemalar bo‘yicha 76 ta) muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib berilgan. 2017 yilgi sertifikatlashtirish ishlari natijasida 897 mln. 273 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz deb topilgan.

2018 yil birinchi chorakda sertifikatlashtirish ishlari natijasida respublika markazi tomonidan 1 mlyard sakkiz yuz miln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz deb topildi.

Bundan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan, jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga asosan, savdo do‘konlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifatini aniqlash bo‘yicha nazorat xaridlari ham o‘tkazilib,  tegishli xulosalar  berilmoqda. (2017 yilda 3 ta, 2018 yil
1-chorakda 1 ta nazorat haridlari o‘tkazilib, 23 turdagi mahsulotlar sifati bo‘yicha xulosalar berilgan.)

Misol uchun: O’tgan dvr mobaynida Toshkent shahri savdo do‘konlaridan xarid qilingan va tekshirilgan 6 turdagi 56 namuna sut, kolbasa mahsulotlarining 18 namunasida kamchiliklar aniqlanib,ushbu mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirgan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan kamchiliklarning bartaraf etilishi nazoratga olingan.

Qayd etish joizki, ko‘rilgan choralar ko‘p hollarda ijobiy natija bermoqda. Masalan, Toshkentdagi “BIO NATURAL FOOD” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan sut va sut mahsulotlari fizik-kimyo, hamda xafsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazilib, kamchiliklar ko‘rsatilgandan so‘ng

takroran o‘rganilganda, ushbu kamchiliklarning bartaraf etilganligi, sinovdan o‘tkazilgan mahsulotlar me’yoriy hujjat talablariga muvofiq deb topilganligi aniqlandi.

Do‘konlardan tanlab olingan jami 63 turdagi sut, kolbasa, ichimlik suvi kabi maxsulotlar laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi va sinovlar natijasiga ko‘ra 30 turdagi mahsulotlar me’yoriy hujjat talablariga mos emasligi aniqlandi.

Uchrashuv so‘ngida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.