“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.
Biz uchun haqiqatdan ham eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan bu qutlug‘ sana o‘tgan tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizni, amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarimizni samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad-eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustivor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o‘rinda istiqlol yillarda qo‘lga kiritilgan ayrim raqamlarga e’tibor qaratishni lozim topdik.
Hozirgi kunda iqtisodiyotda sanoatning ulushi 34 foizga yetgani, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etayotgani ko‘p narsadan dalolat beradi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, yuqori texnaolgiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to‘qmachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarning jadal rivojlanayotgani bu mustaqillik bergan imkoniyatlardir.
Axborot xizmati