Joriy yilning 11 aprel kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi, Hilfswerk Austria International xamda “O‘zstandart” agentligi xamkorligida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi standartlarini (YeEK OON standartlari) joriy etish va ilgari surish mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminari qatnashchilariga xalqaro ekspertlar tomonidan YeEK OON standartlarini xalqaro savdoda tutgan o‘rni, YeEK OON DDP 15 , YeEK OON DDP-07 va YeEK OON DDP-07 standartlari va ularning afzalliklari to‘g‘risida to‘laqonli ma’lumot berildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi, “O‘zagroeksport” AJ, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi vakillari, “O‘zstandart” agentligi tizim mutaxassislari va respublikamizdagi eksportyor korxonalar ishtirok etishdi.
Seminar kizgin baxs-munozaralar tarzida bulib o‘tdi.