San’at va madaniyat – insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ezgulik sari yetaklaydi. Bunda, ayniqsa, teatr san’atining o‘rni beqiyosdir.
Teatr – xalq ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart kuni teatr san’ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu jumladan 27 mart - Xalqaro teatr kuni sifatida Respublikamizda ham keng miqyocda nishonlandi.
Shu maqsadda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasida navbatdagi Ma’naviyat soati “Teatr – muhim tarbiya va ma’naviyat maskani» mavzusida rejalashtirildi. Mavzu yuzasidan markaz xodimlaridan jami 25 nafari 2018 yilning 31 mart kuni Qashqadaryo viloyati Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi musiqali drama teatrida O’zbekiston xalk shoiri Abdulla Oripovning «Jannatga yo‘l» dramatik asari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshasida bo‘lishdi.
Spektakl O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor - Abduraxmon Abdunazarov tomonidan juda mohirona sahnalashtirilgan. Mazkur asar fantastik va afsonaviy mavzu asosida yaratilgan bo‘lib unda insonlarga xos bo‘lgan ezgu amallar va xislatlarni ota-onaga hurmat, halollik, imon va insoflilik, insonni qadrlash, do‘stga sodiqlikni va aksincha ig‘vogarlik, fisqu-fasod hamda boshqa odamlardagi salbiy xislatlarga befarqlik ham bu insondagi xato va kamchiliklardan biri ekanligi yorqin tarzda ko‘rsatib berilgan. Haqiqatda ushbu asar har bir tomoshabinni chuqur mushohada qilishga chaqiradi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan juda iliq taassurotlar bilan kutib olindi hamda unda rol ijro etgan aktyorlar ijrosi ham barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tashrif buyurganlar barchasi asar mazmunidan kelib chiqib o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib, ma’naviy ozuqa oldilar desak adashmaymiz.
Tadbir so‘ngida xodimlar teatr binosi faesida tashkil etilgan rassomchilik ko‘rgazmalari va fotosuratlarni tomosha qildilar.