Joriy yilning 29 mart kuni “O‘zstandart” agentligida GLOBALG.A.P Prezediumining vitse-prezidenti Flavio Alzuyeta va Birlashgan Millatlar tashkiloti, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xamda O‘zbekiston fermerlari kengashi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari J.N.Shukurov Flavio Alzuyeta va barcha mehmonlarni “O‘zstandart” agentligida GLOBAL G.A.P. standartini joriy etish va uning afzalliklari bo‘yicha o‘tkazilayotgan davra suhbatiga tashrif buyurgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
J.N.Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22 yanvardagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida Maqbul Agrokultura Amaliyoti (Global G.A.P.) standartini joriy etish ko‘rsatib o‘tilganligini ta’kidlab, ushbu standartni samarali joriy etish maqsadida 2017 yilning noyabr oyida “O‘zstandart” agentligi tomonidan GLOBAL G.A.P. tashkilotiga hamkorlik loyixasi yuborilganligi, dunyo tajribasidan kelib chiqib, GLOBAL G.A.P. standarti afzalliklari, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro biznes kooperatsiyasini rivojlantirishda ushbu standart muhim ahamiyat kasb etishiga alohida urg‘u qaratdi.
O‘z navbatida GLOBAL G.A.P. Prezediumining vitse-prezidenti Flavio Alzuyeta samimiy qabul uchun J.N.Shukurovga chuqur minnatdorlik izhor etib, GLOBAL G.A.P. bu butun jaxon bo‘yicha qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini standartlash va sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro xususiy idora ekanligi, mazkur idora oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi masalalari bo‘yicha yevropa ishchi guruhi) tomonidan 1997 yilda Germaniyada tashkil etilib, xozirgi kunda GLOBAL G.A.P.ga jahonning 100 dan ortiq davlat va oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik korxona va uyushmalar a’zo hisoblanishini aytib o‘tdi. Kelajakda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish jarayonlariga standartlar ishlab chiqish va sertifikatlashtirishga talablarni o‘rnatish, mutaxasislar tayyorlashda amaliy yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.
Davra suhbati do‘stona va ishchanlik ruhida o‘tdi.