Joriy yilning 31 may kuni “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan “Maishiy elektrpriborlarini energiya samaradorligini aniqlash va tamg‘alashning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ma’lumki Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kelinayotgan maishiy elektr priborlarining me’yoriy hujjatlarida elektr energiyasining tejamkorligi haqidagi axborotlar bo‘lishi talab qilinmoqda.
Shu bilan bir qatorda, Mamlakatimizda tamg‘asida va etiketkasida elektr samaradorligini tegishli tasnifi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmasa bunday priborlarni chet eldan olib kirish joriy yilning yanvar oyidan, va ularni sotish esa 2016 yilning 1 iyulidan boshlab ta’qiqlanadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor albatta.
Birinchidan, ishlab chiqarishda yoki ro‘zg‘orda ishlatiladigan elektr asboblari va anjomlari ishlash jarayonida eneriyadan oqilona foydalanishi kerak. Bu o‘z navbatida iqtisodiy jihatidan ancha tejamkor hisoblanadi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish korxonasi vakillari va bevosita iste’molchilar bu borada to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
Ana shu jarayonlarda ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi har tomonlama mas’uliyatni yanada kengroq his etadi. Eng muhimi tejamkorlikka o‘rganadi.
Tashkil etilgan amaliy seminarda “O‘zeltexsanoat” FK, Davlat Bojxona va Soliq qo‘mitalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Seminar ishida “O‘zstandart” agentligining sohaga aloqador vakillari yig‘ilganlarga energiya samaradorlik ko‘rsatgichlarini aniqlash masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati va ularni amaliyot jarayonlarida qo‘llash hamda sinov labaratoriyalarining bugungi holati, ularni qay darajada jihozlanganligi, shuningdek maishiy va boshqa energiya sarflovchi uskunalarning energiya samaradorligini hisoblash bo‘yicha bir nechta ko‘rgazmali chiqishlari orqali zarur ma’lumotlarni berdilar.
Bir so‘z bilan aytganda, hamkorlikdagi bunaday semiarlarning tez-tez o‘tkazilishi, ishlab chiqaruvch korxonalarning rahbarlari uchun ham, va eng asosiysi iste’molchilarimiz uchun ham zarur ma’lumotlarni berishi bilan ahamiyatlidir.
Axborot xizmati