“O'zstandart” agentligi “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining mashinasozlik laboratoriyasi binosida “Har kunimiz navro'z bo'lsin!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Bayram tadbirida markaz jamoasi bilan birgalikda Andijon mashinasozlik instituti talabalari hamda Andijon qishloq xo'jaligi institutining gumanitar fanlari fakulteti dotsenti T.Abdullaev ishtirok etdi.
Bayram tadbirini Markaz direktori I.D.Qosimov kirish so'zi bilan ochib, yig'ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so'ng tadbir mavzusi bo'yicha T.Abdullaev ma'ruza qildi. So'z boshida markaz jamoasini bahor bayrami bilan tabrikladi hamda ushbu bayramning kelib chiqish tarixi, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov tashabbusi bilan 1991 yildan boshlab, navro'z bayrami keng miqyosda nishonlanib kelinayotganligi va bugungi kunda “Navro'z” bayramini nishonlash bo'yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ishlar xaqida so'zlab berdi. Tadbir turli xil savol-javoblar bilan juda qiziqarli va bayramona ruhda o'tdi.
Fursatdan foydalanib, “O'zstandart” agentligi barcha yurtdoshlarimizni va hamkasblarimizni Navro'zi olam bilan tabriklaydi!