Joriy yilning 14 mart kuni Andijon viloyatida, Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” – davlat korxonasi hamkorligi hamda Tashqi savdo Vazirligi yordamida UNDP «Aid For Trade» Mintaqaviy loyihasi tomonidan «GLOBAL G.A.P» xalqaro standarti: asosiy talablari va ustuvorliklari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
O’tkazilgan seminarda viloyatdagi 40 dan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va eksport qiluvchi fermer xo‘jaliklari va agrofirmalar hamda eksport qilishga ko‘maklashuvchi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga UNDP «Aid For Trade» Mintaqaviy loyihasi mutaxassislari tomonidan, «GLOBAL G.A.P.» xalqaro standartining asosiy talablari va uning afzalliklari taqdimotlar asosida yaqindan tanishtirildi va amaliyotga tadbiq qilish masalalari bo‘yicha atroflicha muxokamalar etildi.
Shuningdek, kun tartibidagi «GLOBAL G.A.P.» xalqaro standartining talablari, mohiyati va dolzarbligi yuzasidan, boshqarma va markazning malakali mutaxassislari tomonidan ham seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi. Jumladan, mazkur xorijiy standartni amaliyotga joriy etishning afzalliklari, hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va eksport qiluvchilarga mazkur standartni sertifikatlashtirish jarayonlarida belgilangan me’yorlarga amal qilinishi muhimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.