Xalqimizda har bir ezgu tashabbus va rejalar hamjihatlikda va hamkorlik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirilishida hikmat ko‘pligi ta’kidlangan.
Shu ma’noda “O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning tashabbusi bilan, Respublikamizning barcha tumanlarida mahalliy hokimliklar bilan tizimli ravishda Sayyor qabullarning tashkil etilayotgani, va mazkur muloqotlar natijasida ko‘plab tadbirkorlarimizga amaliy yordam berish imkoniyatlar yaratildi.
Yaqindan boshlab mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida va yurtimizdagi ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarimiz faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida “O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov, Respublikamizning barcha viloyat hokimlari bilan uchrashuvlarni tashkil etib, hududlarning o‘zida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hamda mahsulotlarni jahon bozorlariga eksport qilish jarayonlarida hamkorlikda ishlash taklifi bilan chiqdi.
Dastlabki uchrashuv Surxondaryo viloyati hokimi Erkin Turdimov bilan bo‘lib o‘tdi.
O’zaro ishonch va samimiylikka asoslangan mazkur uchrashuvda Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirish va jahon bozorlariga eksport qilishning kelgusidagi rejalari haqida kelishib olindi.
Shundan so‘ng Bosh direktor A.Karimov viloyatdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.