Xukumat tomonidan alohida e’tibor berilayotgan masalalardan biri – mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda “O’zstandart” agentiligining Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi faol ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya sohalarida duch kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Masalan, “BUXOROGIPS” AJ qo‘shma korxonasiga eksportga mo‘ljallangan mahsulot uchun tashkilot standarti ishlab chiqilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida Ts 17841092-001:2018 “NYeALIT” gipsli bog‘lavchilar uchun qotish vaqtini tezlatkichi. Texnikaviy shartlar” tashkilot standarti ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatiga olindi. Endilikda, “BUXOROGIPS” AJ qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxati yana bir eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotga ko‘paydi.
Shuningdek, “DEZSNAB BUXARA” xususiy korxonasi tomonidan Ts 23408614-02:2018 “Xlorli ohak. Qadoqlash, tamg‘alash, transportda tashish va saqlash” tashkilot standartini ishlab chiqilishida ham amaliy yordam ko‘rsatildi.
Qayd etish lozimki, tadbirkorlarga bu kabi amaliy yordam ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. “O’zstandart” agentligi tomonidan respublika miqyosida doimiy ravishda seminarlar, sayyor qabullar, OAV larida chiqishlar va boshqa turdagi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.