Inson ma’naviyati barcha moddiy ne’matlardan ustun turadi. Boy ma’naviyat va ma’rifat egasi chin ma’noda el-yurti, Vatani, xalqining farovonligi yo‘lida tinim bilmay mehnat qiladi.
U hayotda moddiyatni emas, balki ma’naviyatni yuqori turishini isbotlashga astoydil intiladi. O’z hayoti mezonlarida fidoiylikni targ‘ib qilishi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ladi.
“O’zstandart” agentligi tizimida mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ayniqsa yoshlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, o‘z kasbiga jonkuyarlik bilan yondoshishlari va halol mehnat orqasidan oilani tebratish kabi ezgu maqsadlarni yanada kengroq targ‘ib etish maqsadida ma’naviyat soatlari tizimli tashkil etib kelinmoqda.
“O’zstandart” agentligi xodimlarining talab va takliflariga asosan navbatdagi ma’naviyat soatiga Toshkent shahar Bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov taklif etildi.
Uchrashuvda Anvar qori Tursunov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni halol yashashga, halol mehnat qilishga va yurt, millat uchun fidoiylik ko‘rsatishlari alohida tilga olindi.
Shuningdek uchrashuv davomida yurtimizda kechayotgan islohotlarga befarq bo‘lmasdan, tomoshabin sifatida kuzatish emas, balki unda barchamiz faol ishtirokchi sifatida o‘z hissamizni qo‘shishimiz muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish so‘ngida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.