Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazining (“Chirchik SSM” DK) o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi tomonidan xududdagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlariga qulayliklar yaratish maqsadida o‘lchash ko‘lami 2250 m3/h gacha bo‘lgan sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslash sohasini qamrab olish va akkreditatsiya doirasini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Ushbu o‘lchash turiga viloyatda katta talab borligini inobatga olib, “Chirchiq SSM” DK tomonidan tegishli qurilmalarni xarid qilindi, mutaxassislarni tayyorlandi va o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya doirasi kengaytirildi.
Endilikda markaz mutaxassislari tomonidan ushbu yo‘nalishda metrologik xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi va bu esa o‘z navbatida hududdagi sanoat korxonalariga transport xarajatlarini qisqartirish, o‘lchashga sarflanadigan vaqtni tejash kabi qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda.