Laboratoriyaga oid funktsional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik ta’minotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni sinovdan o‘tazish tizimini takomillashtirish asosida axoliga tibbiyot tashkilotlari tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish maqsadida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida qator islohotlar olib borilmoqda, jumladan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 112-sonli “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik tekshiruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Qaror bilan“O’zstandart” agentligi tomonidan quyidagi qator ustuvor vazifalar bajarilishi belgilangan:
- metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash funktsiyalariga egatibbiy texnikaning metrologik tekshiruvini tizimli tashkil etish maqsadida o‘lchash funktsiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnikaning reestrini yuritish;
- etakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, “Tibbiy texnikaning metrologik nazorati va davriy sinovlari” ixtisosligi buyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
- “O’zstandart” agentligining tizim tashkilotlarida tibbiyot tashkilotlaridagi o‘lchash funktsiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika metrologik nazoratini amalga oshirish buyicha ixtisoslashgan laboratoriya tashkil kilish;
- tibbiy texnika va tibbiyotda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan buyumlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarining sifatni boshqarish tizimiga, shuningdek, tibbiy laboratoriyalarning sifatiga va kompetentligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan standartlarni joriy etish;
- O’zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash funktsiyalariga ega tibbiy texnika ro‘yxatini, shuningdek, davriy sinovlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy texnika ro‘yxatini ishlab chiqish hamda metrologik nazorat usullarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqish bo‘yicha dasturningishlab chiqilishi belgilangan.
Mazkur qaror 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida belgilangan ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholining ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirishga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.