“O’zstandart” agentligi Bosh direktorining topshirig‘iga binoan Qashqadaryo viloyatida ishsiz aholini ish bilan ta’minlash borasida ularga ko‘mak berish va malakalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini takroran yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida viloyatning “Voqif” nomli ro‘znomasining 2018 yil 15 fevraldagi sonida “Ish bilan band bo‘lmagan yurtdoshlarimiz diqqatiga!” sarlavhali e’lon berilgan edi.
Shunga binoan, joriy yilning 22-24 fevral kunlari “O’zstandart” agentligining Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK hamkorligida bepul o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu o‘quv kursida oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan va hozirda ish bilan band bo‘lmagan jami 37 nafar mutaxassislarni kasbiy mahoratlarini oshirishga erishildi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar agentlikning www.training.standart.uz maxsus portalida joylashtirildi.
O’quv kursida “O’zstandart” agentligining Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK xodimlari hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining o‘qituvchisi K. O’taev ishtirok etdilar.
O’quv kursi yakunida iqtidorli yoshlar so‘zga chiqib, Hukumatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlardan, shuningdek “O’zstandart” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.