“O‘zstandart” agentligi “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasining sinov bazasini rivojlantirish reja-dasturiga muvofiq, Kalibrlovchi laboratoriyalar majmuasiga KNS-10.2 turidagi Svetofiltrlar to‘plami xarid qilindi.
Ushbu svetofiltrlar GOST 8.557-2007 ga muvofiq, o‘lchov vositalarini qiyoslash (kalibrlash)da fotometrik ko‘lami, spektrofotometrik to‘lqin uzunligi shkalasi uchun ishchi standart spektr o‘tkazuvchanligi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan.
Akkreditatsiya doirasini kengaytirish maqsadida foydalanishga topshirilayotgan KNS-10.2 turidagi Svetofiltrlar to‘plami “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish” davlat korxonasiga yuqori aniqlikda va samarali ishlash imkonini beradi.
Axborot xizmati