“O’zstandart” agentligining Namangan standartlashtirish metrologiya boshqarmasi va “Sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi xodimlari ishtirokida “Ma’naviyat ijtimoiy hayotimizning asosi” mavzusida ma’naviyat-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Tadbirda Namangan viloyati imom xatibining o‘rinbosari O. Ikramov qatnashdi. Ma’naviyat va ma’rifat soatida islom dini, qadimiy va hozirgi kundagi standartlashtirish, metrologiya sohalarining ahamiyati, dolzarbligi, mas’uliyati, xalol-xarom, poraxo‘rlik va sudxo‘rlik illatlari va oqibatlari, xodimlarning o‘z ishiga sidqidildan yondoshish kabi fikrlar bildirildi. Avvalo, inson o‘zi uchun birinchi navbatda halol kasb tanlashi, halol rizq topishi, farzandlariga halol luqma yedirishi hamda ma’naviy, islomiy yetuk farzand bo‘lib yetishishlari uchun halol va xaromni farqlashlari hamda boy madaniyatimiz, tariximizni ham chuqur o‘rganish joizligi xaqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda dolzarb masalaga aylanib borayotgan “Halol” standarti va uning O’zbekistonda joriy etilishini hamda halol rizq tarbiya uchun muhim ekanligini ta’kidlandi.