Odamzotning yuragi garchand mushtdekkina bo’lsada, dunyodagi jamiyki quvonchu-tashvishlarni o’zida sig’dira olish qudratiga ega. Shuning bilan birga har doim behalovat harakatlanadi. Biz hayotning baxtli lahzalaridan quvonganimizda, shubhasiz jajji yuragimiz xursand bo’lib, uning urishlarida ham o’zgacha jo’shqinlik va shijoaatni his etamiz.
Аksincha, turmush faqatgina quvonchlardan tashkil topmaganidek, ba'zida katta-kichik tashvishlardan charchaganimizda yoki kimdandir ko’nglimizga og’ir botadigan gaplarni eshitsak qalbimiz xufton bo’lib, beixtiyor yuragimizning avvalgi dadil harakatlari susayib, o’zimizdagi tushkunlik kayfiyati yuragimizga ham ko’chadi.
Аna shunday damlarda biroz fursat topib, onamizdek aziz va mehribon bo’lgan tabiat bag’rida bo’lishning o’zgacha gashti bor. Ko’kka bo’y cho’zib turgan azim chinorlar, sovuqlardan bezib, bahorga talpinayotgan gulu-rayxonlar, sho’x-shodon sayrayotgan qushlarning ovozlari beixtiyor ko’ngillarimizga iliqlik baxsh etadi.
Bahor. Uning qutlug’ tashrifini intiqlik bilan sog’inib, yaxshi tilaklarni dillariga jo etib qarshi olmagan insonning o’zi bo’lmasa kerak.
Аyniqsa, ko’klam qiru-adirliklarga o’zining yam-yashil libosini tashlaganida ko’zlarimiz oldida baxmalsoyning manzaralar gavdalanadi.
Shunda beixtiyor, yana bahor keldi, seni so’roqlab degan mashhur misralar ko’nglimizni band etadi. Ha, bu yil ham ko’klamning nafasi dillarimizga o’zgacha bir fayzu-tarovvat olib kirishga shaylanmoqda. Yana bizlarni sog’inib, sog’intirib Bahor epkinlari kelmoqda....
Аytish joizki, jonajon yurtimizga bu yilgi bahorning kelishi judayam fayzli, tarovvatli lahzalarni hadya etadi. Xalqimizning ko’tarinki kayfiyatiga mos ravishda bahor fasli ham o’zining mehrga to’la yomg’irlari va mo’'tadil havolarini darig’ tutmaydi deb niyat qilamiz.
Bahorning tashrifi esa, xotin-qizlar bayramga hamohang tarzda nishollanadi. Shuning uchun ham Bahor va Аyol so’zlari yonma-yon yoziladi. Ular bir-birlarini ma'nan to’ldiradilar.
“O’zstandart” agentligida ham bahorni munosib kutib olish va xotin-qizlarimizning bayramlarini o’zgacha kayfiyat bilan nishollashga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda.
O’ylaymizki, hali hammasi oldinda. Fursatdan foydalanib “O’zstandart” agentligi rahbariyati va xodimlari nomidan barchangizni yaqinlashib kelayotgan bahor bayramlari bilan tabriklaymiz.
Yuraklarimizni, qalblarimizni bir umr bahoriy kayfiyat tark etmasin.
Аbdurauf Rasulov. “O’zstandart” agentligi Matbuot xizmati rahbari.