Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat Korxonaning majlislar zalida 2018 yilning 20 fevral kuni, Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat Korxonasi, Navoiy Standartlashtirish Metrologiya Boshqarmasi, “Sanoatkontexnazorat” DI Navoiy filiali, “O’zdavneftigazinspektsiya” Navoiy filiali xodimlari xamkorlikda viloyatda mavjud Аvtomobillarga siqilgan gaz tarqatish shaxobchalari xamda Аvtomobillarga suyultirilgan gaz tarqatish shaxobchalar raxbar va operatorlari uchun Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan №326-sonli “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz yoki dizel va gaz yoqilg’isi aralashmasi bilan ishlaydigan transport vositalari xavfsizligi to’g’risida”gi va №237-sonli "Muomalaga chiqarilayotgan g’ildarakli transport vositalarining xavfsizligi to’g’risida"gi texnik reglamentlarni qo’llanilayotganligi yuzasidan o’quv semenar o’tkazildi.
O’quv semenar davomida gaz ballonlarning xavfsizligi, baxtsiz xodisalarni oldini olish yuzasidan prezintatsiya va videoroliklar quyib berildi. Xozirgi kunda qanday gaz ballonlardan foydalanish to’g’risida seminar ishtirokchilariga tushunchalar berildi. O’quv seminar oxirida savol-javoblar bo’lib o’tdi. Berilgan savollarga tegishli korxona va tashkilotlar mutaxxasislari tomonidan qoniqarli javoblar berildi. Ushbu seminar Viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan lavxalar olindi va televideniya orqali efirga uzatildi.