Butun jaxon avtomobil parkining kengayishi va regional va global avtomobil bozorining paydo bo’lishi bilan avtotransport vositalarining xavfsizligi soxasidagi texnik talablar nafaqat milliy yoki regional darajada, balki xalqaro darajada uyg’unlashtirishga talab paydo bo’ldi.
Аvtotransport vositalari va ularning qismlariga bo’lgan talablarni uyg’unlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2108 yil 12 fevraldagi “Xalqaro shartnomalarga qo’shilish to’g’risida”gi PQ-3526-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi quyidagi xalqaro Kelishuvlarga qo’shildi:
Kelishuv bilan yaratilgan o’zaro tan olish mexanizmi avtomobil texnikasini ishlab chiqaruvchilar uchun muvofiqlikni baxolash bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirishga zamin yaratdi.
Kelishuvlarga a'zo bo’lish:
O’zbekiston Respublikasi tomonidan ma'qullangan transport vositalari turini Kelishuvlarga a'zo bo’lgan boshqa davlatlar tomonidan tan olinishiga;
Mexanik transport vositalarini standartlashtirish va sinovdan o’tkazish bo’yicha qabul qilinayotgan hujjatlar to’g’risidagi ma'lumotlarni olish;
BMT YEIK doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarga takliflar kiritish, hujjatlarni ishlab chiqishda hamda yig’ilishlarda ishtirok etish imkonini yaratadi.