O'zbekiston Respublikasida “Xalol” standartlarini qabul qilish va amaliyotga kiritish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu standartlarga muvofiq milliy sertifikatlashtirish tizimini yaratish ishlari boshlangan.
Respublikamizda “Xalol” standartlarini qo'llanilishi ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
“Xalol” belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning nazorati amaldagi talablarga muvofiq muvofiqlik sertifikatini bergan idora tomonidan amalga oshiriladi.
“O'zstandart” agentligi tomonidan ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va sifatsiz mahsulotlar to'g'risida iste'molchilarni xabardor qilish maqsadida “Nazorat xaridini o'tkazish” tartibi ishlab chiqildi. Bugungi kunda ushbu tartib tasdiqlash jarayonida. Nazorat xaridi tartibida bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi o'rganilishi va yaroqsizlik holatlari aniqlansa ommaviy axborot vositalari orqali va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda ma'lumotlar berilishi nazarda tutilgan.