O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan «Muvofiqlikni baxolash organlari va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspektsiya nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan, “O’zbekakkreditatsiya” davlat korxonasi tomonidan “Bekobod SSM” DKsertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasi faoliyati ustidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq inspektsiya nazorati o‘tkazildi.
O’tkazilgan inspektsiya nazoratida yuqorida keltirilgan korxonaning sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasida bir qator nomuvofiqliklar aniqlandi va ular bo‘yicha nomuvofiqlik bayonnomalari rasmiylashtirildi.
O’tkazilgan inspektsiya nazorati natijalari va Akkreditatsiya Kengashi tavsiyasiga asosan, yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasining akkreditatsiya guvohnomalari 2018 yilning 9 fevralidan e’tiboran 10 ish kuniga to‘xtatildi.
Shuningdek, tasdiqlangan reja-jadvalga asosan “XORAZM GAZ INVEST SERVIS” XK, “NAVOIY EKO AVTOGAZ” MChJ, “MAXMUD DIZAYN SERVIS” MChJ, “TEXENERGOREMMASH” MChJ hamda “Neftgazkipavtomatika” MChJ korxonalarining sinov laboratoriyasi faoliyati ustidan inspektsiya nazorati o‘tkazildi. O’tkazilgan inspektsiya nazoratida yuqorida keltirilgan korxonalarning sinov laboratoriyasida bir qator nomuvofiqliklar aniqlandi va ular bo‘yicha nomuvofiqlik bayonnomalari rasmiylashtirildi.
Akkreditatsiya Kengashi tavsiyasiga asosan, “O’zstandart” agentligining tegishli qaroriga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan korxonalarning sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya guvohnomalari 2018 yilning
15 fevralidan e’tiboran 10 ish kuniga to‘xtatildi.
Akkreditatsiya Kengashi tavsiyasiga asosan, “O’zstandart” agentligining tegishli qaroriga muvofiq “MEGA EXPERT GROUP” MChJ va “UZCONSULTSERVICE” MChJ QK inspektsiya organlarining akkreditatsiya guvoxnomalarini amal qilishi 10 ish kuniga to‘xtatilgan edi.