Joriy yilning 15 fevral kuni “Toshbozorsavdo” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 yanvardagi “Go'sht va go'sht mahsulotlari xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 36-sonli Qarorini Toshkent shahar dehqon bozorlarida ijrosini ta'minlash yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda “Toshbozorsavdo” uyushmasiga kiruvchi dehqon bozori mutasaddi rahbarlari, davlat veterinariya qo'mitasi, sanitariya-epidemiologiya markazi mutaxassislari va “O'zstandart” agentligi mutaxassislari qatnashdilar.
Yig'ilishda “Go'sht va go'sht mahsulotlari xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglamentining mazmun mohiyati, go'sht va go'sht mahsulotlari uchun belgilangan xavfsizlik talablari, ularni ta'minlash va davlat nazoratini o'tkazish yuzasidan qatnashchilariga tushuntirish berildi, bozorlarda go'sht mahsulotlarining realizatsiya jarayonidagi sanitariya-gigiena muammolarini hal etishda turgan masalar yuzasidan axborot berildi.