O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 12 aprel sanasida “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2520-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorga binoan mamlakatimizga qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan muntazam ta’minlash, ishchi iste’mol bozorini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror to‘ldirish, shuningdek, tashqi bozorlarda xaridorgir va raqobatbardosh bo‘lgan ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun ularni yetishtirish, ishlab chiqarish va xarid qilish bo‘yicha yagona tizim shakillantirildi.Shu bilan bir qatorda Respublikamizning barcha viloyatlarida ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum mahsulotlarini yetishtirish hamda nes-nobud qilmasdan qayta ishlash muhim vazifa qilib belgilab berildi.
Qashqadaryo viloyatida ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum mahsulotlarini yetishtirishga iqtisoslashtirilgan 6 ta tumandagi fermer va dexqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga chiqarishga ko‘maklashishi uchun ja’mi 32 ta korxona, fermer va dexqon xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.
Eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini belgilangan tartibda, tezkor ravishda sertifikatlashtirish ishlarini o‘z vaqtida olib borish maqsadida Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonalari tomonidan Qashqadaryo viloyat o‘simlik karantini davlat inspeksiyalari hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
“O‘zstandart” agentligining Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi tomonidan quyidagi maslahat va xizmatlar bepul ko‘rsatiladi:
- eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchilarga standartlar, sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
- mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha axborot-maslahat yordami ko‘rsatish.
“O‘zstandart” agentligi Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi.
Manzili: Toshkent shahar 100049, Olmazor tumani,
Forobiy ko‘chasi 333 “A” uy.
Telefon raqami: 249-38-39, faks 249-38-39.
Elektron pochtasi: export@standart.uz
Qashqadaryo viloyatidagi Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi.
Manzili: Qashqadaryo shahar Xo‘jabog‘ ko‘chasi №6 uy.
Telefon raqami: (0375)221-18-46, (0375)221-18-89,
Elektron pochtasi: kashsmb@standart.uz )
Eksport qiluvchi korxona, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishda quyidagi davlat korxonalariga murojaat etishingiz mumkin, Jumladan:
- fitosanitariya xulosasini olish uchun;
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar M.Juraboyev ko‘chasi,
tel: (0375)226-18-28.
- sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish uchun;
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
(Manzil: Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo shaxar A.Temur kuchasi 74 uy
tel: (0375) 221-03-09, +99890-998-77-19)
- muvofiqlik sertifikatini olish uchun;
Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan rasmiylashtiriladi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirishda markaz tomonidan murojaatlarni elektron tarzda qabul qilish tizimi yaratilgan bo‘lib, ushbu elektron manzili kashkadsert@uznet.net va qo‘yidagi veb-sayt orqali www.kashssm.uz murojaat etishingiz imkoniyati mavjud.
(Manzil: Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo shaxar Xo‘jabog‘ kuchasi №6 uy,
Tel (0375) 221-16-70, (0375)221-09-44).
- Viloyat bojxona boshqarmasi
(Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxar A.Navoiy ko‘chasi 3 a uy, Tel (0375) 221-05-01)
Ushbu xujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini “bir darcha” tamoili asosida, ya’ni bir vaqtni o‘zida amalga oshirish mumkin.
Axborot xizmati