Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnik tadqiqotlar kengashining Milliy metrologiya instituti TUBITAKUME xodimlaridan iborat turk delegatsiyasi “O‘zstandart” agentligiga tashrif buyurdi.
Memorandum asosida Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnik tadqiqotlar kengashining Milliy metrologiya instituti TUBITAK UME turk delegatsiyasi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasining (“O‘zMMI” DK) ilmiy-texnik laboratoriyalarini “O‘zstandart” agentligi va TUBITAK UME o‘rtasidagi hamkorlik asosida Harakatlar rejasi doirasidagi xalqaro amaliyotga muvofiq tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, metrologiyaning texnik reglamentlar va standartlar ishlab chiqish kabi sohalarida Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ishlarini rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek milliy va ishchi etalonlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va solishtirish bo‘yicha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish hamda milliy etalonlarni ishchi holatda saqlab turishga qaratilgan tadqiqot natijalaridan birgalikda foydalanish kabi dolzarb masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.