Har yili yurtimizda Nizomiddin Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muxammad Boburlarning tavallud ayyommlari keng nishonlanib, ko‘plab madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.
Mazkur uchrashuvlar orqali har ikki ulug‘ bobokalonlarimizning boy ijodlari, bosib o‘tgan hayot yo‘llari kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodlarga yetkazilishi asosiy maqsad qilingan.
Shu nuqtai nazardan “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining topshirig‘i asosida agentlik va uning hududiy boshqarma va markazlarida ham haftaning har juma kuni ma’naviyat soatlari tashkil etib kelinmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri Xorazm Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuv maqsad-mohiyatiga ko‘ra mazmunli o‘tdi. Unda Boshqarma boshlig‘i R.Bekchonov va Xorazm SSM DK direktori A.Xudayberganovlar Nizomiddin Mir Alisher Navoiy xayoti ijodi, uning g‘azal mulkining sultoni ekanligi, ruboiylari u kishi buyuk davlat arbobi va o‘zbek tilining asoschisi ekanligi to‘g‘risida batafsil gapirdilar.
Shuningdek uchrashuv davomida shox va shoir Zaxiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodlari to‘g‘risida Boburnoma asarining mazmuni, moxiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.
Ma’naviyat soatida Navoiyning «Xamsa» dostonidan xodimlar tomonidan parchalar o‘qib eshittirildi.
Xorazm SMB va Xorazm SSM DK xodimlari tomonidan g‘azallar, ruboiylar va sherlar o‘qib yoddan eshittirildi. Xamkorlikdagi ma’naviyat soati sermazmun, moxiyatli o‘tdi.