Inson ma’naviy-ma’rifiy jihatidan barkamollikka erishsa, qalbini faqatgina zilol suvlaridek tiniq tuyg‘ular bilan to‘ldirsa, o‘zida yurt ravnaqiga hissa qo‘shish, xalq farovonligini ta’minlashga, mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan ezgu siyosatni keng quloch yozishidek ishlarda mas’ulligini chuqur anglab yetadi.
Aksincha, loqayd va befarqlik, o‘ziga bino qo‘yish, faqat o‘zimniki to‘g‘ri qabilidagi dunyoqarish bilan yashash, tor felli bo‘lish, boshqalarni mensimaslik, poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi salbiy illatlar girdobiga tushgan inson jamiyatni, xalqni tanazzulga yetaklaydi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan har juma kuni ma’naviyat soati yo‘lga qo‘yildi. Unga turli sohaning bilimdon vakillari taklif qilinib, xodimlar ishtirokida ochiq muloqotlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi ma’naviy uchrashuvga Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshqarma prokurori K.Musoshayxov va Xotin qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi D.Qo‘ziyevalar taklif etildi.
Ma’naviyat soatida so‘z olganlar insoniyatni komillikka olib boradigan ezgu fazilarlar haqida gapirib, jamiyatimiz uchun o‘ta xavfli bo‘lgan ta’magirlik, befarqlik va boshqa salbiy illatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillariga to‘xtaldilar.
Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.