Mamlakatimizning eksporter korxonalariga yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha samarali o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 16 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida«O‘zstandart» agentligi vakillar va Savdo-sanoat palatasi mutassadilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek videoaloqa vositasi orqali Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarining vakilliri qatnashishdi.
«O‘zstandart» agentligi tomonidan, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga yetkazib berishda texnik to‘siqlarning oldi olinishini ta’minlashga yo‘naltirilgan, O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.
«O‘zstandart» agentligi tomonidan, mamlakatimiz eksport qiluvchilariga standartlashtirish va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘yicha, yangi xalqaro standartlarni qabul qilish va eksporter korxonalarga sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish qismida yordam ko‘rsatish masalalariga aloxida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv natijalariga asosan tomonlar mahsulotlarni eksport qilish masalalarida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tezkor axborot almashish va ularni bartaraf etishda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olishdi.