2017 yil 13 fevral kuni Guliston shahar tadbirkorlarga ko‘maklashish markazida, viloyat savdo sanoat palatasi va Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan tadbirkorlar va viloyat OAV vakillari ishtirokida “Zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida quyonchilikni rivojlantirish” mavzusi istiqbollari tahlil qilindi.
Tadbirda viloyat savdo sanoat palatasining boshlig‘i B.Xolboyev, “Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori J..Shakarov, Toshkent Davlat Agrar Universiteti veterinariya va ipakchilik fakulateti katta o‘qituvchisi Sh.Mamateminov hamda Rossiya Federatsiyasining “Alyans injiniring” kompaniyasi bosh direktori Ne’matov Jamshid Jumayevichlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Sirdaryo viloyatida tadbirkorlariga quyonchilik sanoatini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etishning avfzalliklari, samaradorligi atroflicha muhokama qilindi va ishtirokchilarga “HACCP” tamoyillari ISO 22000 va “Halol” standartlari talablari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida “Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va loyiha mualliffi, Rossiya Federatsiyasining “Alyans injiniring” kompaniyasi vakillari bilan muvofiqlikni baholash va tasdqlash sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.