“O‘zstandart” agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda, texnik yo‘nalishda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tugatib, ish bilan band bo‘lmagan mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida BEPUL 4 KUNLIK maxsus o‘quv kurslari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘ydi.
Hozirgi kunda fuqarolarning murojaatlari va ularni bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Respublikamizning barcha viloyatlari va shahar hamda tumanlarida ish olib borilmoqda.
Hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ishlar natijasida tashkil qilingan Maxsus o‘quv kurslarida viloyatlar kesimida jami 327 nafardan ortiq fuqarolar mazkur kurslarda o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tdilar.
Bugungi kungacha 242 nafar faqarolarimiz maxsus kurslarda o‘zlarining malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Hozirgi kunga qadar mamlakatimizning Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida maxsus o‘quv kurslari o‘tkazilgan bo‘lib, 242 nafar yurtdoshlarimiz bo‘sh ish o‘rinlariga da’vogar sifatida ro‘yxatga olindilar.
Tez kunlar ichida maxsus o‘quv kurslari Respublikamizning Andijon, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Hurmatli yurtdoshlar sizlarda va farzandlaringizda mazkur o‘quv kurslarida malaka oshirish istagi bo‘lsa marhamat qilib “O‘zstandart” agentligining hududiy boshqarmalari va tumanlardagi bandlik bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Ishlab chiqarayotgan mahsulotlaringizni sifatli va eksportbob bo‘lishini istasangiz hamda malakali mutaxassislarga ehtiyoj mavjud bo‘lsa hech ikkilanmay tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan hamda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tashkil etilgan 4 kunlik bepul maxsus kurslarda malaka oshirgan ishsiz fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni http://training.standart.uz manzilidan olishingiz va tanlov o‘tkazishingiz mumkin.
Albatta, bunday sayi-harakatlar aholi orasida ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarimizni ish bilan ta’minlanishlariga amaliy yordam beradi.