Kalibrlash va sinov uskunalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish dasturi doirasida “O‘zMMI” DK taxograflarni qiyoslash va kaliblashuskunasini xarid qildi. Taxograf – tezlikni, ish tartibini, xaydovchilar va ekipajni dam olish uchun mo‘ljallangan, avtortansport bortida ishlaydigan vositalarda nazorat moslamasi.
Hozirgi kunga qadar “O‘zMMI” DK qiyoslash kalibrlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Institut mutaxassislari Litva Respublikasining Kunas shaxrida “Detagama” YoAJ da “Taxograflarni tekshirish va kalibrlash” kursida malakasini oshirib(analogli, elektronli va raqamli) taxograflarni tekshirish va kalibrlashda sertifikatga ega bo‘lishdi va taxograflarni qiyeslash va kalibrlash uchun usukunasi xarid qilindi.
“O‘zMMI” DK ning transport vositalarni analogli, elektronli va raqamli taxograflarni tekshirish va kalibrlashda vaqtni va harakatni o‘lchash sohasida metrologik nazoratni ta’minlash imkoniyati yaratildi. Buning bilan yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrash, yoqilg‘i sarfini to‘g‘ri va oqilona hisobini olib borish shuningdek, umumiy avariya hodisalarini kamaytirishga erishiladi.