Matbutot anjumani avvalida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J.Shukurov so‘zga chiqib, jurnalistlarga mavzu yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvning dolzarbligi haqida ma’lumot berdi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “Halol” belgisi ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga Yevropa ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, dunyoda musulmonlarning ortib borishi (taxminan 1,8 mlrd odam, yer aholisining 24 foizi) «Halol» standarti talablari asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talabning oshishini ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun: Ekspertlarning fikricha, 2025 yilda halol mahsulotlarining ulushi dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 20 foizini, 2030 yilga borib esa 25 foizini tashkil etadi.
Bugungi kunda, MDH mamlakatlari (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iordaniya, Misr, Baxrayn kabi musulmon mamlakatlariga «Halol» belgisi ostida o‘z mahsulotlarini eksportga chiqarib ulgurgan.
Misol uchun: Birgina Birlashgan arab amirliklari 200 dan ortiq davlatlar bilan savdo sotiq ishlarini amalga oshiradi, bunda mahsulotlarni eksport qilish uchun “Halol” belgisi bilan sertifikatlangan mahsulot talab etiladi.
Halol standartlari talablari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozori hajmi 4,0 trillion AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:
- Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlariga - 20 foiz;
- Islomiy bo‘lmagan mamlakatlarga (Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va b.q.) – 80 foiz.
2018 yil oxiriga kelib halol mahsulotlari bozori hajmi taxminan 6,4 trillion AQSh dollarini tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Misol uchun: Halol turizm - bu jadal rivojlanayotgan soha bo‘lib, uning yillik hajmi 126 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi, 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 419 mlrd. AQSh dollarga yetadi.
“Halol” turizm industriyasi oxirgi vaqtlarda jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda va mutaxassislar tomonidan bu turizm sohasidagi yangilanish sifatida baholanmoqda.
Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 300-330 million sayyohlar dunyodagi eng muhim diniy ob’ektlarga tashrif buyurishadi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3377-sonli Qaroriga muvofiq yurtimizda “Halol” standartini joriy etish vazifasi yuklatilgan edi.
Shu maqsadda, «O‘zstandart» agentligi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarning turistik infratuzilmasi holati va eksport imkoniyatlarini oshirish tajribalari o‘rganildi. Ya’ni, sayyohlarning ehtiyojidan kelib chiqib, sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish orqali turizm sohasini rivojlantirish uchun ko‘pgina mamlakatlarda «Halol» standartlari bo‘yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish, shu jumladan ovqatlanish xizmatlari tizimining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumot uchun: Halol (ya’ni - ruxsat etilgan) tushunchasi – bu «islom dinida ruxsat etilgan va yo‘l qo‘yilgan barcha mahsulotlar» bo‘lsa, «Halol» standartlari esa – mahsulotlarni islom dini talablari bo‘yicha ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va tamg‘alash jarayonlariga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
«Nalal» arab atamasiga nisbatan umumiy metodik ko‘rsatmalar «Kodeks Alimentarius» Komissiyasining 1997 yildagi 22 sessiyasida qabul qilingan.
Ma’lumot uchun: «Kodeks Alimentarius» – (lotinchada - ovqat bo‘yicha qonunlar yoki qonunlar to‘plami) yagona shaklda bayon etilgan oziq-ovqat mahsulotlariga standartlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilingan to‘plamni o‘zida ifodalaydi.
Yig‘ilish davomida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartini amaliyotga joriy etish,va bu yo‘nalishlarda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar atrofida ham mulohazalar bildirildi.
Matbuot anjumani so‘ngida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.