O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan «Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan “O‘zbekakkreditatsiya” davlat korxonasi tomonidan “Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi, sinov va o‘lchash laboratoriyalari faoliyati ustidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq inspeksiya nazorati o‘tkazildi.
O‘tkazilgan inspeksiya nazoratida “Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi, sinov hamda o‘lchash laboratoriyalarida bir qator nomuvofiqliklar aniqlandi va ular bo‘yicha nomuvofiqlik bayonnomalari rasmiylashtirildi.
O‘tkazilgan inspeksiya nazorati natijalari va Akkreditatsiya Kengashi tavsiyasiga asosan, yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi, sinov va o‘lchash laboratoriyalarining akkreditatsiya guvohnomalari 2018 yilning 5 fevralidan 10 ish kuniga to‘xtatildi.