O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2015 yil 30 dekabrda 2748-son bilan ro‘yxatga olingan «Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»i va O‘z DSt 3077:2016 «Muvofiqlikni baholash. Muvofiqlikni baholash organlarining hodimlari. Layoqatlilikka doir talablar» davlat standartiga muvofiq xodimlarni sertifikatlashtirish organi sifatida «PROFI QUALITY CERT» mas’uliyati cheklangan jamiyatining xodimlarni sertifikatlashtirish organi o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi.
Milliy akkreditatsiya organining 2016 yil 11 maydagi AK-117-sonli qaroriga asosan «PROFI QUALITY CERT» mas’uliyati cheklangan jamiyatining xodimlarni sertifikatlashtirish organi O‘z DSt ISO/IEC 17024:2009 «Hodimlarni sertifikatlashtirish organlariga qo‘yiladigan umumiy talablar» standartiga muvofiqligi tasdiqlandi va joriy yilning 11 mayida UZ.AMT.19.MAI.004-son bilan Davlat reyestrida ro‘yxatga olindi.
Hozirgi kunda Davlat reyestriga akkreditatsiya qilingan 3 ta xodimlarni sertifikatlashtirish organlari kiritilgan va faoliyat yuritmoqda. Ushbu ro‘yxat bilan «Akkreditatsiya» - «Davlat reyestrlari» bo‘limida tanishish mumkin.
Akkreditratsiya doirasiga muvofiq ushbu organ akkreditatsiya, sertifikatsiya, muvofiqlikni dekloratsiyalash, inspeksiya nazorati, sifat tizimlari, yukni ortishdan oldingi va keyingi inspeksiya, sanitar-epidemiologik, veterinar xulosa yoki ekologik ekspertiza va mahsulotlarni sinash yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni sertifikatlashtirish xuquqiga ega bo‘ldi.
Axborot xizmati