Yuksak ma’naviy ta’lim-tarbiya aslida insonga ona suti, ota o‘giti va ajdodlar me’rosi yordami bilan o‘tadi.

Qush juft qanotlari yordamida ko‘kka parvoz qilgani kabi, insonning komillika elituchi kuch bu- ma’naviyat va ma’rifat hisoblanadi.

Ana shu jihatlar har bir insonda mukammal rivojlansagina, o‘zi yashab mehnat qilayotgan jamiyatning rivojiga be’tibor bo‘lmaydi.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning tashabbusi bilan agentlik va uning tizimidagi korxona va tashkilotlarida haftaning har juma kuni ma’naviyat soati tashkil etildi.

Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlar o‘rtasida ma’rifiy-axloqiy mavzudagi uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etib, ularga ko‘proq ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy meros haqida ma’lumot berishga qaratilgan.

Navbatdagi ma’rifiy uchrashuvga Yunusobod tumani Bosh Imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy va Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining professorlari B.Aliyev va A.Muxtorovlar taklif etildi.

 

Uchrashuv mavzusi doirasida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi.

Unda asosiy e’tibor, yurtga, oilaga, o‘zi mehnat qilayotgan sohaning rivojiga e’tibor bilan qarash, fidoiylik va halollik bilan mehnat qilish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati haqida ta’sirchan ma’ruzalar bo‘ldi.

Albatta, bunday uchrashuvlar har bir xodimning faoliyatida ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga shubha yo‘q.