“Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi “Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasi 2017 yilda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “Respublika va xududiy markazlarining sinov va qiyoslash laboratoriyalarini rivojlantirish reja-dasturi”ga asosan, halqaro talablar darajasida to‘liq ta’mirlandi va jihozlaandi. Sinov laboratoriyasi zamonaviy mebellar, tashkiliy texnika vositalari, sinov uskunalari va o‘lchov vositalari bilan jihozlandi.

Markazning sinov laboratoriyasi uchun, halqaro talablar darajasidagi sinov usullarini o‘zlashtirish maqsadida jami 190413.5 ming so‘mlik, zamonaviy ”Polyarograf” (Rossiya), ”Plamennыy fotometr” (Rossiya), ”Rotatsion isparitel” (Xitoy), ”Avtomaticheskaya razrыvnaya mashina” (O‘zbekiston) kabi sinov uskunalari va o‘lchov vositalari xarid qilindi va foydalanishga topshirildi.
Sinov laboratoriyasini bu kabi yangi va zamonaviy sinov jihozlari bilan ta’minlanishi natijasida o‘tkazilayotgan sinovlarning sifati oshadi, sinov doirasining kengaytirilishiga imkoniyat yaraladi va mutaxassis hodimlarning sinov ishlari borasidagi natijadorligi ko‘tariladi.

“Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasini milliy standartlar, amalga kiritilgan texnik reglamentlar hamda xalqaro meyoriy xujjatlar asosida sinov ishlarini olib borish maqsadida 26 turdagi oziq- ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha 145 ta sinov usullariga, shundan 24 ta sinov usuli xalqaro me’yoriy xujjati talablari asosida kengaytirildi.

“Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasida mahsulotlarni sinov jarayonlarida ishtirok etuvchi 6 nafar malakali xodimlar o‘z faoliyatini olib bormoqda. Shundan bir nafar xodim Turkiya davlatining Turk standartlari instituti (TSE)da malakasini oshirib keldi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida sinovlarning samaradorligi va ko‘rsatkichlarning aniqliligi ta’minlanadi. Bu esa o‘z navbatida “Qashqadaryo SSM” DKning “Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati yanada oshishiga hamda sinov natijalarini halqaro darajada tan olinishiga asos bo‘la oladi.

Markazning “Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasi tomonidan 2018 yilda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligini oshirish, eksportyor korxonalarga va tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘layliklar yaratish maqsadida shafran, jiyda, anor, arpabodiyon, qushqunmas, ovakado, qalampir va oshqovoq mahsulotlarini sinov ishlari natijalarini halqaro darajada tan olinishiga erishish uchun halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan oziq-ovqat va qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini halqaro talablar darajasida sinovlarni to‘liq qamrab olish maqsadida zamonaviy sinov jixozlari va o‘lchov vositalarini Jaxon banki tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i asosida harid qilish va o‘rnatish belgilangan. 

Joriy yilda “Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasi tomonidan qo‘shimcha ravishda milliy akkreditlashtirish tizimi bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi tomonidan amaliyotga kiritilgan FAO/VOZ halqaro komissiyasining meva-sabzavot mahsulotlariga doir halqaro standartlar, milliy standartlar hamda amalga kiritilgan texnik reglamentlar asosida sinov ishlarini olib borish maqsadida 15 turdagi oziq- ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha 72 ta sinov usullariga kengaytirish rejalashtirilgan.