“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi kimyo-biologiya laboratoriyasi mutaxassis hodimlari, oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi, hayvonot olami va atrof muhit salomatligi - “BIOR” ilmiy tadqiqot institutining sinov laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bunday tadbirlarni tashkillashtirishdan maqsad, chet davlatalaridagi soha mutaxassislari bilan tajriba almashish va oziq-ovqat maxsulotlari xavfzizligi yo‘nalishida muvofiqlikni baholash bo‘yicha xalqaro darajada malaka oshirishni ta’minlashdir.
Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi, hayvonot olami va atrof muhit salomatligi - “BIOR” ilmiy tadqiqot institutining sinov laboratoriyasi Yevropa ittifoqi davlatlari hududidagi Riga shahrida joylashgan (Latviya). Ushbu markaz 1944 yildan beri o‘z faoliyatini olib boradi va hozirgi kunda 400 ga yaqin mutaxassis hodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz, oziq-ovqat maxsulotlari xavfzizligi nazorati, hayvonot olamining infeksion kasalliklari nazorati, baliqchilik va suv xo‘jaligi yo‘nalishida sinov ishlarini olib borish xizmatlari bo‘yicha faoliyat yuritadi. Tajriba almashish va malaka oshirish doirasida oziq-ovqat maxsulotlariga tegishli bo‘yoqli moddalar ustida sinovlar o‘tkazishning yetakchi usullari, suyuqlik xromatografi usuli yordamida, mikotoksin moddalarni tahlil qilish hamda oziq ovqat maxsulotlaridagi moy va yog‘ moddalarining kislotali tarkibini aniqlash usullari o‘rganildi. Ushbu sinov usullari, Yevropa ittifoqida oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini tahlil qilishning zamonaviy uslubiyatlarini o‘rganishda yordam beradi