Mazkun uchrashuvda ishtirokchilarga 2018 yil 14 yanvar kuni “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyat xududida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida batavfsil ma’lumot berildi.
Yig‘ilishni “Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori J.Shakarov kirish so‘zi bilan ochib, 2018 yil 14 yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan barcha xodimlarni tabriklab, O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar, xususan, Mudofaa va ichki ishlar tizimidagi yangiliklar, kuni-kecha muxtaram Prezidentimizning Toshkent viloyati Chirchiq shahriga bo‘lgan tashriflari to‘g‘risida batavfsil to‘xtalib o‘tdi..
Shundan so‘ng Guliston shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik D.Qodirov so‘zga chiqib, 2018 yil 14 yanvar kuni “Vatan ximoyachilari kuni” bilan barcha yig‘ilish qatnashchilarini tabriklab, markaz bilan yo‘lga qo‘yilan hamkolik ishlariga to‘xtaldi.
U so‘zini davom ettirib, tizim xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, bu borada qilinayotgan ishlarning barchasi IIB xodimlariga katta mas’uliyat yuklashini, shu sababli ogohlikka yanada jiddiyroq yondashish kerakligini, barcha fuqarolar ogohlikda bo‘lish lozimligini, shubxali buyumlarni, shaxslarni ko‘rib qolgan taqdirda tegishli tartibda IIB xodimlariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish lozimligini, sodir etilgan jinoyatlarni ochilishida faol ishtirok etish barcha fuqarolarning burchi ekanligini, bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham belgilab qo‘yilganligini aytib, Sirdaryo viloyat xududida sodir bo‘layotgan ayrim turdagi jinoyatlarni misol ta’riqasida so‘zlab o‘tdi.
Shundan so‘ng Markaz direktori yig‘ilishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilayotgan talab va takliflarni ijrosini ta’minlash, Jonajon Vatanimizning rivojlanishida faol ishtirok etish, har doim ham ogohlikda bo‘lish, shubhali va gumonlanuvchi shaxslarni jinoyat sodir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa noqonuniy harakatlarni oldini olish masalalariga e’tiborli bo‘lish lozimligini yana bir bor qayd etib o‘tdi.
Eng muhimi, bunday uchrashuvlar yil davomida tizimli tashkil etilishiga kelishib olindi.