“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, navbatdagi uchrashuv Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida tashkil etildi.
Sayyor uchrashuvida Toshkent shahri miqyosida va Yakkasaroy tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar qatnashdilar.
Mazkur uchrashuv Yakkasaroy tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilganligi bois, unda tuman hokimligining iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i U.Karimov hamda “O‘zstandart” agentligi qoshidagi SMSITI ning rahbariyati va boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Sayyor uchrashuvida qatnashgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarining vakillariga hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi tizimida olib borilayotgan islohotlar va uning samaralari xususida batavfsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mahsulotlarning sifatini oshirish hamda yaqindagina Agentlik tomonidan qabul qilingan “Halol” standartining afzalliklari xususida ham keng axborotlar taqdim etildi.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.