Hozirgi kunda Respublikamizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi, Qashqadaryo viloyatida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Birgina Qarshi shahri misolida oladigan bo‘lsak, markaziy va ichki yo‘llarning kengaytirilgani, aholi uchun turar joylarning qad rostlayotgani fikrimizning isboti deyish mumkin.

Eng muhimi, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan puxta o‘ylanib, hayotimizga izchillik bilan tadbiq etilayotgan hayyotbaxsh islohotlar yurtdoshlarimizning yuz-ko‘zlarida o‘z ifodasini topmoqda.

Qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz zaminida ham yuraklariga bir olam ezgu maqsad va rejalarni joylagan tadbirkorlar, ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etayotgan zamondoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan Sayyor uchrashuvlar rejasiga asosan, navbatdagi tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashuv Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazildi.

Sayyor uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari J.Shukurov, Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Qashqadaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i D.Rizayev, Qashqadaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori U.Amirqulov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab, yig‘ilishni Shahrisabz shahar hokimi I.Nusurov kirish so‘zi bilan ochib, yangi tashkil etilgan shahar hokimligi binosi va uning majlislar zalida ilk bor mana shunday Sayyor uchrashuvning mazmun-mohiyati va dolzarbligi xususida gapirdi.

Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari Jasur Ne’matovich Shukurov so‘zga chiqib, 2017 yilning 22 dekabr kuni Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatlari yuzasidan kelib chiqadigan vazifalar va hozirgi kunda Respublikamizda tadbirkorlaga hamda ishlab chiqaruvchilar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarga to‘xtalib, mazkur jarayonda “O‘zstandart” agentligi tomonidan olib borilayotgan yangicha yondoshuvlar hamda joriy etilayotgan qulayliklar haqida yig‘ilganlarga batavfsil gapirib berdi.

Shuningdek, J.Shukurov o‘z so‘zini davom ettirib, o‘tgan yilda Agentlik faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusida belgilangan istiqbol dasturlari xususida ham ma’lumot berdi.

Sayyor uchrashuvi davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va takliflarini bildirdilar.

Ular tomonidan bildirilgan barcha savollar va takliflar tahlil etilib, shu yerning o‘zida tegishli mutaxassislar yordamida javoblar berildi.

Sayyor uchrashuvidan so‘ng Shahrisabz shahri hokimi mehmonlarni ayni kunlarda shahar miqyosida olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish va turizimni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlari bilan tanishishtirdi.

Safarimiz uchun ajratilan vaqt qisqaroq bo‘lsada, ammo shu vaqt ichida ko‘plab yurtdoshlarimiz bilan yaqindan suhbatlashib, ularning faoliyatlarida katta-kichik muammolari bilan qiziqtik, ularni imkoniyat darajasida yechish yo‘llarini izladik.

Eng muhimi shu bo‘ldiki, Shahrisabzliklarning yuz ko‘zlarida bugungi hayotdan rozilik hamda ertangi kunga bo‘lgan intilish tuyg‘usi yaqqol sezilib turganligi bizni behad xursand qildi.

 

 ​ 

Jasur Shukurov.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari.