“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari bilan Sayyor qabul uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Bosh Direktor A.Karimov so‘zga chiqib, hozirgi kunda Agentlik tomonidan Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam xususida gapirdi.
Bulardan tashqari, Sayyor uchrashuv davomida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “O‘zstandart” agentligi tizimini takomillashtirish va sohaning kelgusidagi istiqbollari haqida ham yig‘ilganlarga batavfsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng Bosh Direktor A.Karimov yig‘ilganlar bilan ochiq-oydin muloqotga kirishdi. Ular tomonidan bildirilgan barcha savol va takliflarni eshitdi. Yig‘ilishda bildirilgan barcha savollar chuqur tahlil etilib, egalariga belgilangan muddatlarda tizimli yechilishi va zarur ma’lumotlar berilishiga kelishib olindi.