“O‘zstandart” agentligi tomonidani “2018 yil I-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni Sayyor qabuli jadvali”ga asosan, O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov Andijon viloyatining Xonobod shahrida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi Sayyor qabulini o‘tkazdi.
Sayyor qabul uchrashuvini Xonobod shahar hokimi M.M. Mamadaliyev ochib, tadbir ishtirokchilari va kun tartibi bilan barchani tanishtirdi. Shuningdek, mamlakatimizda bugungi kunda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi, ayniqsa, ushbu sohalarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining bir qator Qonunlari qabul qilingani bu borada milliy tizimning xuquqiy asoslarini yaratish bilan birga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport saloxiyatini oshirishga omil bo‘layotganligini aytib o‘tdi.
Mazkur Sayyor qabulni o‘tkazishdan ham maqsad, kelgusida soxaga oid qonunlarning yanada ta’komillashtirish, ularning joylardagi ijrosi, o‘zaro xamkorlikni kuchaytirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun sog‘lom raqobat muxitiga asoslangan holda sifatli maxsulot ishlab chiqarish va namunali xizmat ko‘rsatishlarida ko‘maklashishdan iboratligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligi bosh direktori Abduhamid Karimov so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilariga minnatdorchilik izhor etib, ushbu uchrashuv orqali viloyatdagi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish, mavjud muammolarning yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatishlari, zarurat tug‘ilgan taqdirda Hukumat darajasiga ko‘tarish lozimligini qayd etdi.
Shu bilan birga, bunday sayyor uchrashuvlar Respublikaning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilib kelinayotganligini ta’kidlab, uchrashuv qatnashchilarini faolroq bo‘lishga, o‘zlaridagi mavjud muammolarni ochiq-oydin aytishga chaqirdi.
A.Karimov o‘z so‘zini davom ettirib, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilishi, maqsad-muddaolarini amalga oshirilishini ta’minlaydigan tizim yaratilganligi, Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani, mahalliy xokimliklarda “xalq qabulxonalari”, vazirlik va idoralarda virtual qabulxonalar tashkil etilgani ana shu maqsadga xizmat qilayotganligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, A.Karimov o‘z so‘zida “Iqtisodiyotning raqobatbardosh-ligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini xar tomonlama rag‘batlantirish” yo‘nalishida Xukumatimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilyotganligi, jumladan, 2017 yilning 6 noyabridagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni maxalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3377-sonli Qarori shu islohotlarning uzviy davomi ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.