Ma’lumki 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni.
Birlashgan Millatlar tashkiloti har doim, poraxo‘rlik har qanday jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishiga putur yetkazadigan jinoyat ekanligini eslatib turadi.
Jahonda yillik pora sifatida berilayotgan mablag‘ miqdori 1trillion deb baholanmoqda.
BMT ning Axborot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq holatlar sabab jahon iqtisodiyoti 2,6 trillion yo‘qotmoqda.
Xabarda aytilishicha, rivojlanayotgan ayrim mamlakatlarda korrupsiya bilan bog‘liq zararlar rasmiy rivojlanish ko‘rsatgichidan 10 barobar ortgan. Shuningdek, sayyoramizning deyarli har to‘rtinchi fuqarosi davlat xizmatlari uchun murojaat qilganlarida pora berishga majbur bo‘lganlar.
Mazkur sana munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK da “Biz ta’magirlikka qarshimiz” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida jamiyatimiz uchun zararli bo‘lgan illatning keltirib chiqarayotgan ayanchli oqibatlari xususida fikr almashildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Oliy o‘quv kurslari” dotsenti Istam Astanov va Toshkent shahar prokuraturasining “Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi tergovchisi Samir Arshiddinovlar taklif etildi.
Tadbir davomida yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga mavzu yuzasidan tayyorlangan ijtimoiy roliklar namoyish etildi. Shundan so‘ng mehmonlar yurtimizda ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi illatlarni oldini olish borasida qilinayotgan ishlarning ko‘lami haqida gapirib, har bir xodim o‘z ish faoliyatida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni bajarishda vijdonan ishlashi, ta’magirlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi tura olishi hayotiy misollar yordamida ochib berildi.
Uchrashuv nihoyasida bunday mavzudagi uchrashuvlarni tizimli o‘tkazib turishga kelishib olindi.