Aytish joizki, o‘z poyoniga yetib borayotgan yilda «O‘zstandart» agentligi O‘zbekiston Milliy Matbuot markazida deyarli har oyda bir marotiba Ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumanlarini tashkil etdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Respublikamizda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash, hamda agentlik tizimida izchillik bilan olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazishdan iborat.
Navbatdagi Matbuot anjumanida «Respublikamizda mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirish ishlarini xalqaro darajada tan olinishida milliy organlarning roli» mavzusida jurnalistlarga keng ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanida OAV lari xodimlariga «O‘zstandart» agentligi tizimidagi «O‘zbek-Turk Test Markazi» qo‘shma korxonasi misolida mavzuga oid ma’lumotlar ko‘rgazmali chiqishlar orqali berildi.
Matbuot anjumanida, qo‘shma korxonaning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati, Sinov laboratoryalarining holati, hamda ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan to‘qmachilik mahsulotlarini eksport qilinayotganda xalqaro standart talablariga muvofiqligini tekshirish va bu orqali xalqaro savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etilishi, hamda ishlab chiqaruvchining mahsulot sifatining xalqaro talablarga muvofiqligini aniqlashi, ham vaqtini, ham mablag‘i tejalayotganligi e’tirof qilindi.
Matbuot anjumanida Qo‘shma korxona Bosh direktori M.Hamzayev jurnalistlarga kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli rejalari haqida kengroq ma’lumot berdi.
Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.