“O‘zstandart” agentligi tomonidan qishloq ho‘jalik oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan halqaro standartlarni o‘rganish, tahlil qilish va respublikada amaliyotga tadbiq etish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Jumladan so‘nggi 2 oy mobaynida qishloq ho‘jalik oziq-ovqat mahsulotlarini sifati ko‘rsatgichlari aks etgan 69 ta YeEK OON halqaro standartlari va davlatlararo 15 ta standartlar respublikamizda amaliyotga tadbiq etildi.
Halqaro FAO/VOZ komissiyasi tamonidan qabul qilingan “Kodeks Alimentarius” qishloq ho‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari halqaro standartlarini rus tili ko‘rinishidagi 115 ta standartlari olinib amaliyotga tadbiq etish ishlari olib borilmoqda.
Agentlik shuningdek, “Halol” standarti bo‘yicha kuydagi ishlarni bajarmoqda.
Islom davlatlarining stanlartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) ga a’zolik to‘g‘risida kelishuv loyixasi tayyorlangan va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va ijobiy javob olingan.
(SMIIC) tomonidan ishlab chiqilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish va qayta ishlash korhonalariga xamda mexmonxonalarga bo‘lgan talablar aks etgan “Halol” standartlari olindi.
Bugungi kunda “Halol” standarti loyihasi ishlab chiqilib Diniy ishlar bo‘yicha Ko‘mitaga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etildi.
Shuningdek “O‘zstandart” agentligi tomonidan Yevropa bozorlarida talab yuqori bo‘lgan “Global G.A.P” standartini O‘zbekistonda amaliyotga kiritish bo‘yicha standart loyixasi ishlab chiqildi.
Kelgusidagi rejalar:
“O‘zbekoziq-ovqatxolding” XK bilan xamkorlikda 2018 yilda ISO 22000 standarti joriy etiladigan korxonalarni aniqlash va joriy etish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqish.
ISO 22000 standarti bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va sertifikatlashtirish idoralarining akkreditatsiya doiralarini kengaytirish. “Halol” standartini vazirlik va idoralar bilan kelishib, amaliyotga joriy etish.
Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda “Halol” va “Global G.A.P” standartlari bo‘yicha xodimlarni tayyorlash va o‘quv kurslarini tashkil etish.
Sertifikatlashtirish idoralari mutaxassislarini “Halol” standarti bo‘yicha xorijiy davlatlarning sertifikatlashtirish idoralarida malakasini oshirish.
“Halol” va “Global G.A.P” standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish idoralarini tashkil etish va ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari belgilangan.