“O‘zstandart” agentligi Sirdaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Sirdaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazining bir guruh xodimlari bayram arafasida Prezidentimiz tomonidan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Guliston shahridagi “Yoshlar markazi” binosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Bayram tadbirida “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Xamrakulov, Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori J.Shakarov va xodimlardan I.Qanoatov, N.Muratovlarga topshirildi.
Fursatdan foydalanib hamkasblarimizni yuksak ishonch va bildirilgan mas’uliyat bilan tabriklaymiz.