Ma’lumki, har yili Respublikamizda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan bayram tadbirlari, ma’naviy-badiiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Hayotimizning Bosh qomusi bo‘lgan Konstitutsiyani o‘qib-o‘rganish va unga amal qilish orqali, Yurtimiz, Vatanimiz oldidagi burchimizni hamda masu’liyatimizni ham chuqur anglaymiz.
Bundan 25-yil avval, O‘n ikkinichi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan Bosh qomusimiz, o‘tgan davr ichida yana bir bor, o‘zida insonparvarlik g‘oyalarini mujassamlantirgani bilan tinch va osoyishta hayotimiz va taraqqiyotimizni chinakam kafolatiga aylandi.
Hozirda mazkur bayram munosabati bilan, yurtimizning barcha vazirlik hamda idoralarida ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan “O‘zstandart” agentligida ham mazkur bayramga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Shu munosabat bilan agentlikda tashkil etilgan ma’rifiy uchrashuvni Bosh direktor o‘rinbosri J.Shukurov kirish so‘zi bilan ochib, yuksak taraqqiyotimizning kafolati bo‘lgan, baxtimiz qomusining hayotimizda tutgan o‘rni haqida gapirdi.
Shundan so‘ng tadbirga taklif etilgan yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muxittdinova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Qiziqarli uchrashuv va undagi ma’ruza ko‘pchilikni mushohadaga chorladi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Eng muhmi bunday uchrashuvlarni tizimli ravishda davom ettirishga kelishib olindi.