“O‘zstandart” agenligi bosh direktori Abduhamid Karimov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari joriy yilning 23-25 noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida tashkil etilgan halol va sog‘lom mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasi - Halal Expo 2017 va Islom hamkorlik tashkilotlarining 5–xalqaro Halol sammitida ishtirok etdi.
Tadbir jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lgan halol mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchilarni birlashtirdi. Ko‘rgazmada nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki kiyim-kechak, kosmetika, dori-darmon va gigiyena buyumlari ham namoyish etildi. Sababi, sertifikatlangan halol mahsulotlarga dunyo miqyosida ehtiyoj oshib bormoqda.
Sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalol sohasida o‘zaro hamjihadligini ta’minlash,Islom hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida yagona Halol mahsulotlarning muvofiqligini baholashni yagona tizimini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Sammit davomida Halol ekosistemasi keng qamrab olinib, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan “Halol Taom”, “Halol Tekstil”, “Halol kosmetika va farmatsevtika”,”Halol turizm” va “Halol islomiy moliya” sohalari bo‘yicha rivojlangan davlatlarning yetakchi mutaxassislari va ekpertlari tomonidan sohadagi mavjud muammolari va ularning yechimlari, hamda erishilgan yutuqlari tahlil qilindi.
Shuningdek,safar davomida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov Turk standartlari instituti (TSE) Prezidenti - Sebaxitdin Kurkmaz, Turkiya Milliy metrologiya instituti (UME) Prezidenti – Mustafo Chetindosh va Turkiya akkreditatsiya agentligi (TURKAK) Bosh sekretari o‘rinbosari – Solih Yuksellar bilan muzokaralar o‘tkazib ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, va istiqbollari hamda munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan kelishib oldi.
Shuningdek,“O‘zstandart” agentligi bilan Turk standartlari instituti (TSE), Turkiya Milliy metrologiya instituti (UME) va Turkiya akkreditatsiya agentligi (TURKAK) bilan hamkorlikda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash, metrologiya va akkreditatsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida muzokaralar natijalariga ko‘ra “O‘zstandart” agentligi va Turk standartlari instituti (TSE), Turkiya Milliy metrologiya instituti (UME) va Turkiya akkreditatsiya agentligi (TURKAK)lari bilan 2018-2019 yillarda hamkorlik dasturi ham imzolandi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Turk standartlari institutining sinov va o‘lchov laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, sinovlar natijalari, Milliy metrologiya institutining kalibrlash va qiyoslash xizmatlari, Turkiya akkreditatsiya agentligining akkreditatsiya sertifikatlari butun dunyoda tan olinadi.
Mazkur hamkorlik ko‘magida“O‘zstandart” agentligi tizimi xodimlarini Turk standartlari institutida malakalarini oshirish, seminar – treninglarni o‘tkazish, respublikamizda “Halol”standartlarni qabul qilish va sertifikatlashtirish masalalari yuzasidan manfaatli kelshuvlarga erishildi. Eslatib o‘tamiz, avvaldan kelishuvga asosan, hozirga qadar “O‘zstandart” agentligi tizimidagi hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining 40 nafar xodimlari Turk standartlari institutida o‘z malakalarini oshirdilar.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, tashkil etilgan bunday uchrashuvlar soha rivojiga ulkan hissa bo‘ladi.