Bugungi kunda, “O‘zstandart” agentligi tomonidan mahsulotlarni sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalariga oid 22 ta davlatlarning milliy idoralari bilan ikki tomonlama hamkorlikka asoslangan manfaatli kelishuvlar imzolandi.
Shu bilan birga, Respublikamizda 534 ta sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lib, shundan 45 tasi oziq-ovqat maxsulotlarini sinashga ixtisoslashgan.
Agentlikning Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatidagi oziq-ovqat laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Hozirgi kunda 29 ta (12 ta laboratoriya, 1 ta SI, 11 ta SMT va 5 ta POI) muvofiqlikni baholashda ishtirok etuvchi organlar xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ushbu organlarning bergan sertifikatlari dunyoning 89 ta davlatida tan olinadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 6239 ta korxonalarida sifat menejmenti tizimlari joriy etildi, shundan 1964 tasi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etdi.
Joriy yil 28 noyabr holatiga jami 3,5 mingdan ziyod xalqaro standartlar qabul qilinib amaliyotga kiritildi, jumladan Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (YeEK OON) meva, sabzavot va quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli bo‘lgan 100 dan ortiq standartlari qabul qilingan.
2017 yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlarida 613 ta halqaro standartlar qabul qilinib, joriy etildi.
Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya soxalarida alohida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, xorijiy ekspertlar (Germaniya, Turkiya, Fransiya, Belarus) xulosalari olindi.
Joriy yilda 451 ta rahbar va mutaxassislarning soha bo‘yicha malakasi oshirildi, shundan horij tajribasini o‘rganish maqsadida 89 ta mutaxassis Koreya, Malayziya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Belarus davlatlarida amaliyot o‘tab keldi. Ulardan 12 nafari halqaro ekspert-auditor unvoniga ega bo‘ldilar.
Qo‘shimcha ravishda, 200 nafar yosh, iqtidorli xodimlarni tayyorlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Birinchi bosqichda, ushbu mutaxassislar Xitoy va Turkiya davlatlariga amaliyotga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 apreldagi 122-son qaroriga muvofiq, eksport qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari majburiy sertifikatlashtirish tartibi bekor qilingan. Ammo, eksport qilinayotgan mamlakatlarda fitosanitariya sertifikatlari talab etiladi.
2018-2020 yillarda yana 1500 ta halqaro standartlar qabul qilinadi.